21-aprelda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga joriy yilning birinchi choragida investitsiya sohasida qilingan ishlar va kelgusi uchun ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning birinchi choragida yillik 20% o‘sish bilan 8,7 milliard AQSh dollaridan ortiq xorijiy investitsiya jalb qildi.
Investitsiyalar energetika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va transport sohalaridagi loyihalarni boshlashga yo‘naltirildi.
Yilning birinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar 18 milliard dollardan oshishi taxmin qilinmoqda.
Shu yil oxirigacha 42 milliard dollarlik investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Bu mamlakatda 81 ta yirik loyiha va sakkiz mingdan ortiq kichik va o‘rta loyihani boshlash imkonini beradi.